Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Uzinfocom” yagona integratori bilan birgalikda, IT-Park koʻmagida karantin davrida aholi uchun turli xil onlayn xizmatlarni oʻz ichiga olgan “Uydaqoling.uz” internet-resursini ishga tushirdi.
Uydaqoling.uz – bu taomlar va oziq-ovqat mahsulotlarini buyurtma qilishdan tortib, tibbiy maslahatlar olish va masofaviy taʼlim olishgacha boʻlgan onlayn xizmatlar haqidagi maʼlumotlar keltirilgan sayt.
Sayt ishga tushirilgan vaqtda unda 190 dan ortiq onlayn xizmatlar jamlangandi. Toʻplangan xizmatlarning koʻpligiga qaramay, katalogni yangi xizmatlar bilan kengaytirish boʻyicha ishlar davom etmoqda.
Bundan tashqari, istalgan kishi katalogga yangi xizmatlarni kiritish boʻyicha buning uchun maxsus belgilangan anketa orqali takliflar bildirishi mumkin.
Yangi takliflar uchun anketa: https://bit.ly/2XylZTZ
Sayt haqida batafsil maʼlumot: http://mitc.uz/ru/news/view/1319
2020-04-14