IT Park va O‘zbekiston-Yaponiya markazi o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi

2023-yilning 6-iyun kuni O‘zbekiston-Yaponiya markazi delegatsiyasi IT Park Uzbekistan'ga tashrif buyurdi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad IT-Park va Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlik va sheriklik hamda IT-ta’lim sohasini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdan iborat.

Tomonlar O‘zbekistonda mutaxassislar uchun yuqori sifatli IT-ta’limni rivojlantirish muhimligini e’tirof etib, bu borada hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Uchrashuvda ta’lim dasturlarini tashkil etish, tajriba almashish va bilimlarni uzatish, shuningdek, IT-mutaxassislarining kasbiy o‘sishi va rivojlanishi uchun platformalar yaratish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda har ikki tashkilot vakillari hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar va bir-birini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Muloqot doirasida tomonlar o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar. Ushbu  kelishuv hamkorlikni kengaytirish va innovatsion va texnologik rivojlanish uchun qulay muhit yaratish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

Tomonlar  o'zaro hamkorlikni kuchaytirish va umumiy maqsadlarga erishish yo'lida birgalikda ishlash niyatini bildirdilar.

O‘zbek-Yapon markazi haqida:

O‘zbekiston-Yaponiya markazi (UJC) O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan tashkilotdir. Markaz turli sohalarda, jumladan, axborot texnologiyalari, ta’lim va biznes sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga faol ko‘maklashmoqda.

2023-06-09