IT Park va WePlay VC tomonidan indi-dasturchilar uchun tanlov

27-sentyabr kuni soat 11:00 da IT Parkning Toshkent filialida IT Park va WePlay VC tomonidan tashkil etilgan Indie Games Demo Day boʻlib oʻtadi.

Demo Day ishtirokchilari oʻzlarining oʻyin loyihalarini sanoat faxriylariga taqdim etadilar, qimmatli maslahatlar va tavsiyalarga ega boʻladilar. Tadbir doirasida WePlay Ventures boshqaruvchi direktori Burak Yilmaz va Weplay Ventures investitsiyalarni boshqarish boʻlimi boshligʻi Saltuxan Gulsenning chiqishlari boʻlib oʻtadi.

Ishtirok etish mezonlari:

  • mobil qurilmalar, shaxsiy kompyuterlar, konsollar, AR/VR va Web3 uchun oʻyinlar ishlab chiquvchi studiyalar ishtirok etishlari mumkin;
  • jamoada kamida 4 kishi boʻlishi kerak;
  • oʻyin Pre-seed/seed bosqichida boʻlishi kerak.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi: https://forms.gle/XGg1P6LWggy6cFin9

2023-09-22