2020-yil 3-mart kuni IT Park vakili Anastasiya Filippova Prezident maktabiga tashrif buyurdi.
IT Parkning loyihalar boʻyicha menejeri Anastasiya Filippova prezident maktabi oʻquvchilarini IT Park faoliyati, shuningdek, Prezident maktablari o'quvchilari uchun o'tkaziladigan Digital Finance ideatonini haqida taqdimot oʻtkazdi.
Ideaton - axborot texnologiyalari orqali insonning kundalik hayotiga tatbiq etilishi mumkin bo'lgan innovatsion g'oyalarni yaratish va taqdim etishga yoʻnaltirilgan tadbirdir.
Ushbu tadbirdan koʻzlangan maqsad bolalarni Digital Finance (raqamli moliya) sohasini rivojlantirishga jalb qilish, zamonaviy Digital Finance texnologiyalarini ommalashtirish va ularni kundalik hayotda turli vazifalarni hal qilishda qoʻllashdir.
Loyiha tashkilotchilari::
● IT Park Uzbekistan
● IFC (xalqaro moliya korporatsiyasi)
● “INSPIRED” MChJ (PayMe)
● Prezident, ijodiy va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi
● Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi
● O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi
Tadbirning birinchi bosqichi 4-martdan 20-martgacha o'tkaziladi. Ushbu bosqichda mazkur davr mobaynida barcha ishtirokchilar tadbirda qatnashish uchun ariza topshiradilar. Final bosqichiga arizalarni tanlash jarayoni 21-martdan 25-martgacha boʻlib oʻtadi, final esa 27-martda oʻtkaziladi.
Unda ishtirok etish uchun insonning kundalik hayotini soddalashtirish uchun elektron pul yoki moliyaviy texnologiyalar bilan bog'liq yaxshi fikr, .ppt/.pptx formatidagi taqdimot, shuningdek, taqdimotni ilova qilgan holda quyidagi shakl boʻyicha ariza topshirish soʻraladi: https://forms.gle/TKmEzMJDkKjupcbY9
Loyihani qanday taqdim etish kerak?
Ishtirokchilarga o'z fikrlarini taqdim etish uchun 5 daqiqa va savol-javob uchun 3 daqiqa ajratiladi. Loyihalarni raqamli moliya sohasiga aloqador hakamlar hay'ati baholaydi.
Eng yaxshi uchta loyihaga qimmatbaho sovgʻalar topshiriladi.
2020-03-11