IT Park vakillari Shanxayga amalga oshirilgan 4 kunlik tashrif doirasida potensial hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun Xitoyning 5 ta kompaniya rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.
Tashrif davomida IT Park delegatsiyasi kompaniya direktori Lin Qing boshchiligidagi “Shanghai Starworking Networking Technology Company” rahbariyati bilan muzokaralar oʻtkazdi.
IT Park vakillari Lin Qingga IT Park rezidentlari boʻlgan texnologik va autsorsing kompaniyalar uchun mavjud imkoniyatlar, shuningdek, Oʻzbekistonda biznes yuritish uchun yaratilgan qulay sharoitlar haqida maʼlumot berishdi. “Shanghai Starworking Networking Technology Company” kompaniyasi rahbariyati Oʻzbekistonda autsorsing ofislarini ochish uchun taklif etilayotgan shart-sharoitlar bilan qiziqdi, xususan, Lin Qing Xitoydagiga qaraganda pastroq stavkaga ega mamlakatdagi yosh IT-mutaxassislar zaxirasini qayd etdi. Shuningdek, “Shanghai Starworking Networking Technology Company” rahbariyati 24-iyul kuni Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan “Global Business Services Forum” tadbirida ishtirok etishni rejalashtirmoqda.
Keyingi uchrashuvda “Medical Instrument Co., Ltd.“ kompaniyasi direktori Xia Li ishtirok etdi. Kompaniya tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqarish va tibbiy uskunalar uchun dasturiy taʼminotni yaratish bilan shugʻullanadi.
“Medical Instrument” kompaniyasi direktori Xia Lida Oʻzbekistonning xalqaro kompaniyalar uchun investitsiyaviy jozibadorligi, ayniqsa, soliq imtiyozlari va xususiy sektorni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha hukumatning ochiqligi bilan ulkan taassurot qoldirdi. Kompaniya biznes jarayonlarini autsors qilish uchun buyurtma berishlari mumkin boʻlgan Oʻzbekiston kompaniyalari bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini koʻrib chiqishga tayyor.
Shundan soʻng IT Park va “Shanghai Zhanjie” kompaniyasi rahbariyati oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtdi. Kompaniya fintex-kompaniyalar va banklar uchun IT-yechimlar yaratish va dasturiy taʼminotni ishlab chiqish bilan shugʻullanadi.
IT Park vakillari “Shanghai Zhanjie” kompaniyasi rahbariga Oʻzbekistonning soʻnggi yillarda erishgan muhim iqtisodiy va biznes yutuqlari haqida gapirib berishdi. Bundan tashqari, kompaniyaga soliq imtiyozlari, shuningdek, autsorsing ofislarini ochish va malakali mutaxassislarni yollashda koʻmaklashishni oʻz ichiga oluvchi IT Parkʼning rezidentlik dasturi taqdim etildi. “Shanghai Zhanje” bosh direktori janob Cao Oʻzbekiston IT-bozoriga qiziqish bildirdi va mahalliy IT-kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatishni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, “Qinxin Management Consulting Co., Ltd.“ (Jesa Capital) kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Kompaniya konsalting xizmatlarini koʻrsatadi va xitoylik investorlar uchun xorijiy investitsiya loyihalarini izlash bilan shugʻullanadi.
Bosh direktor janob Skott bilan hamkorlikda oʻtkazilgan uchrashuvda oʻzbek kompaniyalari bilan hamkorlik istiqbollari, shuningdek, kompaniyaning Oʻzbekistonda autsorsing ofisini ochish masalalari muhokama qilindi. “Qinxin Management Consulting” Oʻzbekistondagi IT-loyihalarga, ayniqsa, “Yashil energetika” sohasidagi loyihalarga yuksak qiziqish bildirdi. Qoʻshma loyihalar muhokamasini davom ettirishga kelishib olindi.
Tashrif yakunida IT Park vakillari “Aerocae” kompaniyasi rahbari janob Xi bilan uchrashuv oʻtkazdi. “Aerocae” — birinchilardan boʻlib samolyotlar, dronlar va avtomobillarning aerodinamikasini oʻlchash uchun ilova yaratgan Xitoy kompaniyasi. Ayni paytda “Aerocae” oʻzining pullik versiyasini ishga tushirishga tayyorgarlik koʻrib, oʻz ilovasini takomillashtirishda davom etmoqda.
IT Park vakillari “Aerocae” kompaniyasi rahbariyatiga Oʻzbekistonning IT-sanoati va uning rivojlanish surʼati, shuningdek, IT-kompaniyalarga oʻz faoliyatini yanada rivojlantirish va yangi bozorlarga chiqish imkonini beruvchi hukumat tomonidan koʻrsatilayotgan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida taqdimot oʻtkazdilar. Xi xonim Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirdi va yaqin kelajakda mamlakatimizni oʻzining yangi autsorsing markazi sifatida koʻrib chiqishni rejalashtirmoqda.
Shanxayga amalga oshirilgan tashrif yakunlari boʻyicha IT Park vakillari Xitoy kompaniyalari orasida Oʻzbekiston bozoriga katta qiziqish borligini qayd etdilar. Shuningdek, bir nechta kompaniyalar Oʻzbekiston hududida autsorsing ofislarini ochish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda, bu esa mamlakat mehnat bozoriga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Buning natijasida yangi ish oʻrinlari yaratiladi, oʻzbekistonlik IT-mutaxassislar esa xalqaro kompaniyalarda noyob ish tajribasiga ega boʻlishlari mumkin boʻladi.
2024-07-03