IT Park direktorining mintaqaviy rivojlanish boʻyicha oʻrinbosari Abdulahad Qoʻchqorov, IT Parkʼning Samarqand filiali vakillari Abdulaziz Suyarov va Sherzod Yusupov Samarqand davlat tibbiyot instituti rahbariyati va talabalari bilan uchrashib, ularining startap loyihalari bilan tanishdilar.
Yigʻilishda institut talabalari tomonidan ishlab chiqilgan “Foydali qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish”, “Onlayn klinika” va “Amaliyot” kabi loyihalar muhokama qilindi va koʻrib chiqildi. Bundan tashqari, institut bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatishga qaror qilindi.
Shuningdek, Abdulahad Qoʻchqorov Samarqanddagi IT Park filialida amalga oshirilgan startap loyihalar asoschilari bilan uchrashdi, ular oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berishlari va undan ekspert xulosalarini olishlari mumkin boʻldi.
2021-03-16