2020-yil 22-iyunda IT Park Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster Universiteti (WIUT) bilan o‘zaro hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumni imzoladi.
Ushbu Memorandum doirasida tomonlar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlik qilishni koʻzda tutmoqdalar:
1. Tomonlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri sheriklik aloqalarini oʻrnatish.
2. Donorlar, grantlar va boshqalar ishtirokidagi qoʻshma loyihalar.
3. Startap-ekotizimlarni rivojlantirish boʻyicha qoʻshma loyihalar.
4. Alohida loyihalarni amalga oshirish maqsadida oʻqituvchilar va murabbiylarni almashish.
5. Loyihalarni amalga oshirish uchun institut binosi va infratuzilmasidan birgalikda foydalanish, shuningdek, startap-ekotizimlarni rivojlantirish maqsadida oʻtkaziladigan IT Park tadbirlari uchun binolardan alohida foydalanish.
6. Oʻzaro kelishuv boʻyicha boshqa yoʻnalishlar.
Ushbu memorandum WIUT talabalari uchun bir qator imkoniyatlarni ochib beradi:
- startaplar uchun inkubatsiya/akseleratsiya dasturlarini amalga oshirish;
- tanlovlar, konferensiyalar, koʻrgazmalar va seminarlarni tashkil etish va ishtirok etish;
- axborot texnologiyalari sohasida dasturiy mahsulotlarni birgalikda ishlab chiqishda, xizmatlarning har xil turlari va shakllarini rivojlantirishda koʻmaklashish;
- IT Park rezident-kompaniyalarida amaliyot oʻtash.
WIUT talabalari, shuningdek, strategik tashabbuslar yordamida innovatsiyalar va tadbirkorlik industriyasi ahamiyatini oshirish maqsadida INNOWIUT Tadbirkorlar Laboratoriyasida IT Park bilan hamkorlik qilish imkoniyatiga ham ega boʻlishlari mumkin.
2020-07-02