Joriy yilning 16-iyun kuni IT Park va Wonder Women xalqaro ayollar hamjamiyati o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandum imzolash yuzasidan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda IT Park direktori o‘rinbosari Bohodir Ayupov, IT Park kreativ direktori Jamila Xolibayeva hamda Wonder Women asoschisi Rada Islamova ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekistonlik xotin-qizlarga ularda katta potensial mavjud ekanligini tushuntirish muhim ahamiyatga ega ekanligi, shu bilan birga, barcha gender stereotiplarini olib tashlash va ularda o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirish masalalari muhokama qilindi.
Yaqin kunlarda IT Park va Wonder Women ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish va boshqa masalalar bo‘yicha yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishadi.
Wonder Women haqida
Wonder Women – bu Qozog‘isonda tashkil topgan va butun dunyo bo‘ylab faoliyat yuritadigan ayollar hamjamiyati.
Wonder Women’ning missiyasi - ayollarni birlashtirish va ularni harakat qilishga undashdir.
Har bir ayol hamjamiyatda o‘z hamfikrlarini topishi, o‘z tajribasi, bilimi bilan bo‘lishishi, o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirishi hamda o‘zini anglash yo‘lida bir-birini qo‘llab-quvvatlashi mumkin.
Shuningdek, hamjamiyat Wonder Women Mentorship dasturini taqdim etadi. Ushbu dastur doirasida Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Rossiyalik yetakchi ayollar rivojlanishga intilayotganlar bilan o‘z tajriba va bilimlarini baham ko‘rishi mumkin.
Batafsil ma’lumot: https://wonderwomen.kz/
2021-06-17