IT Park xodimlari hasharda ishtirok etdilar

O‘zbekistonda 30-aprel kuni “Mahalla obodligi – mamlakat farovonligi” shiori ostida umumxalq xayriya hashari boʻlib oʻtdi.

Tadbir, hukumat qaroriga muvofiq o‘tkazildi – uni o‘tkazish to‘g‘risidagi farmoyishni Vazirlar Mahkamasi qabul qildi.

Hasharda IT Parkʼning barcha filiallari ishtirok etdi. Hashar doirasida IT Park atrofidagi hududlar, hamda, unga tutash hududlar tozalandi.

Bunday ishlarni amalga oshirish – sogʻlom turmush tarzini targʻib qiladi, hamda, mehnatga boʻlgan mehrni uygʻotadi.

2022-04-30