22-iyun kuni IT Park Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetining Urganch filiali hamda Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda xakatonning so‘ngi bosqichini tashkil etdi. Innovatsion loyihalar tanlovi axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha Xorazm viloyati yoshlar o‘rtasida o‘tkazildi.
Tanlov ishtirokchilari ta’lim, tibbiyot, turizm va mehmonxonalar xizmatlari, uy-joy kommunal xizmatlari, transport, logistika va korxona biznes jarayonlarini boshqarish sohalaridagi muammolarga yechim topish uchun turli IT loyihalarini taqdim etishdi. Xakatonning yakuniy bosqichida OTMlarda jami 14 jamoa, shu jumladan, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali, Urganch davlat universiteti va Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filialidan jamoalar ishtirok etdi.
Tadbirda turli faoliyat sohalari bo‘yicha eng yaxshi innovatsion loyihalari aniqlandi. Ular quyidagilardan iborat:
1. Sobirov Sulaymon, tibbiyot sohasida eng yaxshi deb topilgan “Sexual Health” loyihasi muallifi.
2. Qodirov Faxriddin uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida “Hududgazta’minot” loyihasi bilan;
3. Saidov Murodbek turizm va mehmonxonalarga xizmat ko‘rsatish sohasida “Smartdoor” loyihasi bilan.
Xakaton g‘oliblari tadbir tashkilotchilari va hamkorlar tomonidan qimmatbaho sovg‘alari va sertifikatlari bilan taqdirlandi. Shuningdek, boshqa xakaton ishtirokchilariga ham rag‘batlantiruvchi sovg‘alar topshirildi.
Xususan, tadbir natijasi bo‘yicha xakaton g‘olibiga aylangan “Hududgazta’minot” loyihasini yaqin kunlarda amalga oshirish bo‘yicha shartnomalar tuzildi.
2021-07-06