IT Park Xorazm viloyatida “Yozgi maktab”ga start berildi

Shu yilning avgust oyida IT Park Xorazm filiali Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali bilan hamkorlikda ingliz tilini oʻrganish, dasturlash va sport tadbirlarini oʻzida birlashtirgan “Yozgi maktab”ni ochmoqda.

 

Darslarda 30-sonli IT Maktab oʻquvchilari, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali va unga biriktirilgan akademik litsey oʻquvchilari hamda ularning oʻqituvchilari qatnashishi mumkin. Taʼlim dasturida qatnashishning yagona sharti – boshlangʻich darajada ingliz tilini bilish va tinglab tushunish.

 

Sinf xonasida talabalar ingliz tili boʻyicha bilim va koʻnikmalarini kengaytira oladi, Java va Python kabi mashhur dasturlash tillarini oʻzlashtira boshlaydi, shuningdek sport musobaqalarida qatnashadilar.

 

Bunday muassasalarning ochilishi va dasturlash kurslarining taqdim etilishi, axborot texnologiyalari va zamonaviy davrda ingliz tilini oʻrganishning ahamiyati toʻgʻrisida aholining xabardorligini oshirishga yordam beradi. Darslar bilan birga sport mashgʻulotlarini oʻtkazish ham jarayonni yanada qiziqarli va hayajonli qiladi.

Muhim!

Darslar 02.08.2021 yil avgustda boshlanadi.

2021-08-02