IT-Park yagona qo‘llab-quvvatlash markazi yaratildi

Qulaylik va muammolarni tezkor ravishda hal etish maqsadida IT-Park manfaatdor shaxslarga xizmat ko‘rsatadigan aloqa markazini ishga tushirdi.

Endilikda 1345 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, tashkilot faoliyatiga oid istalgan ma’lumotni olishingiz mumkin.  Xususan, manfaatdor tomonlar rezidentlik dasturi, IT-Parkning ta’lim imkoniyatlari, startap loyihalari uchun inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari va boshqa ko‘p narsalar haqida batafsil ma’lumot olishlari mumkin.  Aloqa markazi mutaxassislari abonentlarga tashkilot faoliyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha maslahatlar beradi.

Yangi aloqa markazi dushanbadan jumagacha soat 09:00 dan 18:00 gacha ishlaydi.

Yagona qo‘llab-quvvatlash liniyasining ochilishi ofislarning bandlik yukini kamaytiradi va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshiradi.  Har bir so'rov albatta ko'rib chiqiladi.

2023-01-09