IT Park yangi IT-mahsulotlarni yaratish bo‘yicha vebinar o‘tkazdi

Joriy yilning 26-iyul kuni Belorusiya va Boltiqbo‘yi kompaniyalaridan spikerlar ishtirokida IT-mahsulotlarni yaratish va biznes yuritishning yangi yo‘nalishlari bo‘yicha onlayn vebinar o‘tkazildi.

Vebinarning asosiy ishtirokchilari IT Park rezident kompaniyalari vakillari, shu jumladan “ExactIT” kompaniyasi direktori Yakovleva Yuliya, “Genesis Innovation”ning rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig'ining o'rinbosari Shek Evgeniy, “Genesis Innovation” marketing bo‘limi boshlig'i Murodxujaeva Zilola, “SMARTCHAIN” kompaniyaning loyiha menejeri Rahimov Alisher va “Navalab” kompaniyasining bosh direktori Qodirov Ma'mur.

Vebinar davomida tinglovchilar uchun “Vilnius Tech Park” IT-tashkiloti faoliyati, “Sinesis”, “Fibery” va “amoCRM” kompaniyalari faoliyati, ularning misolida IT-mahsulotlarga sarmoya kiritish turlari va istiqbollari, shuningdek, zamonaviy dunyoda IT-loyihalarni boshqarishning ahamiyati to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi.

Vebinarning asosiy spikeri “Ключевые решения” Belarusiya konsalting kompaniyasining sherigi va “Vilnius Tech Park” tashkilotida “Brindgio” tezlatgich asoschisi Andrey Chernish bo‘ldilar. Bu kishi turli xil IT-kompaniyalar va startaplarda biznes samaradorligini va mablag‘ yig‘ishni strategik jihatdan yaxshilash bo‘yicha 50 dan ortiq loyihalarni boshqargan. Ular Evropa va Amerika kompaniyalari tajribasi asosida innovatsion ekotizimlarni o‘rgangan, “PFP USA” va “Harvard OPM Course” dasturlarida qatnashgan. Bugungi kunda Andrey Chernis Belarus davlat universitetining o‘qituvchisi.

Ma’lumot uchun:

“Ключевые решения” - bu biznesni muvaffaqiyatli olib borish uchun MSP usulidan foydalanadigan Belarusiya konsalting kompaniyasi. MSP (Model, System, Personas) usuli “muvozanatlanmagan” zonalarni aniq belgilashga, optimal muvozanatni - biznesning yangi asosiy yechimini topish va tuzishga e'tibor qaratishni taklif qiladi. Mutaxassislar guruhi menejment tizimini o‘rnatish, avtomatlashtirish loyihasini boshqarish, biznes jarayonlarini tekshirish va boshqa xizmatlar ko‘rsatadi.

2021-07-29