10–13-iyul kunlari Yekaterinburgda INNOPROM xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligi tomonidan tashkil etildi.
INNOPROM-2023 ning asosiy mavzusi - “Barqaror ishlab chiqarish: yangilanish strategiyalari” bo‘ldi. Bu yil ko‘rgazmada Rossiyaning 60 ta hududidan va boshqa mamlakatlardan 40 mingga yaqin kishi qatnashdi.
O‘zbekiston salohiyati Made in Uzbekistan konsepsiyasi ko‘rinishida IT Park tomonidan namoyish etildi. Ko‘rgazmaga IT Park’ning Xorazm va Jizzax filiallari rahbarlari hamda IT Park‘ning tashqi aloqalar bo‘yicha menejeri Rustam Jo‘rayev jalb etildi. Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan vakillar xorijlik mutaxassislar bilan aloqa o‘rnatdilar va Sberbank‘ning “21-maktabi” faoliyati bilan tanishdilar.
IT Park vakillari O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov bilan birgalikda dasturiy ta’minot yaratish sohasida faoliyat yurituvchi "SKB Kontur" IT kompaniyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar O‘zbekistonda filial ochish va delegatsiyaning yaqin vaqtlar ichida IT Park‘ga tashrif buyurishlarini kelishib oldilar.
Tashrif natijasida Rossiyadan O‘zbekistonga IT-kompaniyalarini almashish bo‘yicha Rossiya eksport markazi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
2023-07-17