IT Park Yeouju instituti bilan memorandum imzoladi

Axborot texnologiyalari va muhandislik sohasidagi korxonalarning ehtiyojlariga mos mahorat va malakaga ega bo‘lgan yaxshi kadrlar tayyorlash muhimligini inobatga olgan holda, IT Park Toshkent shahridagi Yeouju universiteti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.

Keyingi hamkorlik doirasida tomonlar turli konferensiyalar, seminarlar, akademik mashg‘ulotlar, mahorat saboqlari, treninglar va boshqa ko‘plab tadbirlarni birgalikda tashkil etishadi. IT Park, shuningdek, institut bitiruvchilarini ishga joylashtirish va bandligini ta’minlashga yordam beradi.

Bundan tashqari, imzolangan memorandum tufayli institut talabalari IT Park tadbirlarida ko‘ngilli sifatida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ushbu memorandumning imzolanishi O‘zbekistonda IT sohasida sifatli kadrlar yaratishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

2020-10-10