IT Park yuqori sinf oʻquvchilari uchun IT-kasblar Kunini oʻtkazadi

7-may kuni soat 19:00 da IT Parkʼda yuqori sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalari uchun IT-kasblar Kuni bo‘lib o‘tadi, u yerda AKT mutaxassislari uchun ochilayotgan imkoniyatlar haqida gapiradilar. Tadbir onlayn tarzda oʻtkaziladi.

Seminarda IT Park rahbariyati va dunyodagi yetakchi IT-kompaniyalardan biri EPAM vakillari ishtirok etadilar. Tadbir doirasida tinglovchilar talab qilinadigan kasbni egallash, hamda, O‘zbekistonda IT-yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ta’lim imkoniyatlari bilan tanishadilar.

 Tadbirda maktab oʻquvchilari va ularning ota-onalari quyidagilarni bilib oladilar:

 • nima uchun IT-kasbni tanlash lozim;

 • axborot texnologiyalari dunyosida mutaxassislar uchun qanday imkoniyatlar ochilmoqda;

 • yangi zamonaviy IT-universitetni tashkil etish toʻgʻrisida.

 Telegram botdagi havola orqali vebinarga roʻyxatdan oʻtish: @itpu_bot.

 Murojaatlar uchun: +998 55 503 99 99

2022-05-05