IT Park Yuzi: Doniyorbek Kuchkarov - menejerdan rahbarlikgacha

"IT Park Yuzi" ruknimiz doirasida biz sizlarni kasbiy muvaffaqiyat yo‘li e‘tiborga loyiq va kompaniyaga bo‘lgan sadoqati chuqur hurmat va ehtirom uyg‘otadigan xodimlar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Ruknimizning navbatdagi qahramoni IT Park Navoiy filiali rahbari - Qo‘chqorov Doniyorbek bo‘ldi. U tashkilot uchun o‘z sohasida noyob bilim va tajribaga ega mutaxassis sifatida qadrlidir.

Doniyorbek 32 yoshda. U 2016-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining tarix fakultetini tamomlagan.

Qahramonimiz IT Parkda 2020-yilning dekabr oyidan buyon ishlab kelmoqda. Doniyorbekning mehnat faoliyati ta‘limni rivojlantirish bo‘yicha menejer lavozimidan boshlangan va hozirda u IT Park filiallaridan birining rahbari sifatida faoliyat yuritadi.

“Toshkent shahar hokimligida ishlab, bu yo‘nalishda o‘sishni ko‘rmayotganimni angladim va kasbiy jihatdan rivojlanib, martaba zinapoyasida yana-da yuqoriga ko‘tarilishni xohlardim. Men yangi kasb tanlash muhim qadam ekanligini va unga ongli ravishda yondashish kerakligini tushundim. Va o‘sha paytda men tark etishga va yangi sohada rivojlanishga qaror qildim. Yangi ish qidirayotib, tasodifan IT Parkda bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi e‘longa ko‘zim tushdi va shubhasiz, men so‘rovnoma qoldirdim. Biroz vaqt o‘tgach, men suhbatga taklif qilindim, afsuski, men undan o‘ta olmadim. Bir oydan so‘ng menga yana bir suhbatdan o‘tish imkoniyati berildi. Va bu gal omadim keldi, ta‘lim bo‘limiga menejer lavozimiga muvaffaqiyatli ishga joylashdim. Men o‘z qat‘iyatimni ko‘rsata oldim va IT Parkda ishlash va o‘sish istagimni isbotlay oldim”.

Hozirda Doniyorbek bir qator rasmiy vazifalarni bajaradi, xususan:

- IT Park faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek ularni amalga oshirishda faol ishtirok etish;

- IT Park ishini tashkil etish va unga ilova qilingan hujjatlarni yuritish;

- Hududda axborot texnologiyalari bozorini rivojlantirishda konstruktiv yechimlarni moslashtirish va joriy etish;

- Strategik rejalashtirishni tashkil etish;

- Xodimlar oldiga aniq va bajarilishi mumkin bo‘lgan vazifalarni qo‘yish;

- Direksiya xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirishda ishtirok etish;

- Vazifalarning bajarilishini tahlil qilish va tegishli tuzatishlar kiritish;

- Hududiy bozor ehtiyojlarini hisobga olgan holda marketingni tashkil etish;

- Potentsial rezidentlar va hamkorlar bilan aloqa o‘rnatish imkoniyati to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni to‘plash va qayta ishlash.

Nega aynan IT Park?

Oxirgi uch yil davomida Doniyorbek IT Park manfaati yo‘lida tinimsiz mehnat qilmoqda. Uning ta‘kidlashicha, to‘siqlarga qaramay barcha e‘tibor faqat maqsad va rejalarga qaratilishi kerak, shunda ularga erishish uchun usullar va yechimlar albatta topiladi.

“Faoliyatimning boshida men deyarli qiyinchiliklarga duch kelmadim, bundan juda xursandman. Men har doim yangi vazifalarni qidiraman. Mening shiorim “Maqsad aniq bo‘lsa, hech qanday to‘siqlar ko‘rinmaydi”, shuning uchun qiyinchiliklarni osonlik bilan yengib o‘tishga harakat qilaman. Bu qiyinchiliklar sizni chiniqtiradi va sizni kimligingizni shakllantiradi. Shuning uchun men ularni dushman sifatida emas, balki o‘sish va yana-da ko‘proq yutuqlarga erishish yo‘li sifatida qabul qilaman. Ishonch bilan ayta olamanki, men shu bilan to‘xtab qoladigan inson emasman”.

Qahramonimizni belgilangan muddatga rioya qilish va bajarilgan ishlarning natijasi yana-da ruhlantiradi. Bu unga maqsadga erishish va muvaffaqiyat hissini beradi.

Doniyorbek IT Parkda ishlayotganidan juda faxrlanadi. U tashkilot hayotida faol qatnashishga va o‘z vazifalarini sifatli bajarishga harakat qiladi.

“Ishonch bilan aytishimiz mumkinki, IT Park yaxshi obro‘ qozongan va hali ham IT sohasida yetakchi mavqega ega. Maqsadim shu yo‘nalishda rivojlanib, mamlakatimizda, xususan, Navoiy viloyatida IT sohasi rivojiga imkon qadar hissa qo‘shish va o‘z mahoratimni ishga solib, o‘z sohamning professionali bo‘lishdir”.

O‘zbekistonning IT sohasi haqida qanday fikrdasiz?

Doniyorbekning fikriiga ko‘ra, IT jadal rivojlanayotgan va doimiy o‘sib borayotgan soha bo‘lib, jahon iqtisodiyotida ulkan rol o‘ynaydi. Uning ishonchi komilki, aynan mana shu yo‘nalish mamlakatning shon-shuhrati yanada yuksalishiga xizmat qiladi.

“IT sohasi iqtisodiyot va eksportni rivojlantirishning eng qisqa va samarali yo‘lidir. Bugungi kunda IT sohasi O‘zbekistonda izchillik bilan yangi ish o‘rinlari yaratayotgan tarmoqlardan biridir. Zamonaviy loyihalar va talablar paydo bo‘lishi bilan turli texnologiyalarni biladigan mutaxassislarga bo‘lgan talab ham ortib bormoqda. IT bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari soni sezilarli darajada oshmoqda”.

O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida IT sohasini rivojlantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda, deya ta‘kidlaydi qahramonimiz. O‘zbekistonda axborot texnologiyalarini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar yaqin kelajakda o‘z samarasini beradi, deya davom etadi Doniyorbek.

“IT Park nisbatan yosh tashkilot bo‘lishiga qaramay, qisqa vaqt ichida nafaqat ijobiy natijalarga erishdi, balki mamlakatimizda IT sohasida yetakchilik mavqeini saqlab qoldi. So‘nggi paytlarda ko‘pchilikda IT Park faoliyatining Toshkentdan tashqarida ham kengayishi haqida shubha bor edi. Shunga qaramay, respublikamizning barcha viloyat va shaharlarida IT-park filiallari tashkil etilgan bo‘lib, hozirda bu yerda IT bo‘yicha bilim olishga qiziquvchi ko‘plab yoshlarni ko‘rish mumkin.

Bundan tashqari, iqtidorli bitiruvchilar ishga joylashish, shuningdek, startap-loyihalar tanlovlarida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lib, buning natijasida bitiruvchilar o‘zlarini respublika va hatto butun dunyoga tanitishlari mumkin”.

Shuningdek, u IT Park O‘zbekistonda IT-sohaning lokomotivi bo‘lib, u yosh avlod uchun tramplinga aylanganini ta‘kidlab o‘tdi

Sevimli mashgʻulotlaringiz va orzularingiz haqida soʻzlab bersangiz

Doniyorbekning sevimli mashg‘ulotlari ko‘p, shuning uchun aynan bir mashg‘ulotni alohida ajratib ko‘rsatishi qiyin.

“Bolalikdan futbolga ishtiyoqim juda baland va bu sport turini juda yaxshi ko‘raman. Bir necha yil davomida har dam olish kunlari men do‘stlarim bilan birga sport bilan shug‘ullanishga va ular bilan doimiy aloqada bo‘lishga harakat qilaman. Men zavqli ishlarni foydali ishlar bilan birlashtirishni yoqtiraman. O‘z-o‘zini rivojlantirish uchun vaqt ajratishga harakat qilaman, kitoblar o‘qiyman. Bo‘sh vaqtimda grafik dizayn va tahrirlash bo‘yicha video darsliklarni tomosha qilaman va ularni mustaqil ravishda yaratishni o‘rganaman. Bundan tashqari men ko‘proq vaqtimni oilam bilan o‘tkazishga harakat qilaman. Mening asosiy ilhomim va quvonchim – bu o‘g‘lim. U yaxshiroq bo‘lishga va yana-da faolroq rivojlanishga undaydi”.

IT Parkʼda dunyoqarashi o‘rganilmagan galaktikalarni eslatuvchi ajoyib va ko‘p qirrali insonlar ishlaydi. Siz mehribon IT Park oilasiga qo‘shilishni xohlaysizmi? Unda hr@it-park.uz  elektron manziliga o‘z rezyumengizni yuboring.

2023-03-01