IT Park yuzi: Sultonmurod Rasulov – eksport boʻlimining serqirra rahbari

Biz IT Park xodimlari qanday qilib yangi choʻqqilarni zabt etayotgani haqida gapirishda davom etamiz! Sizni yana bir qiziqarli hikoyadan ilhomlanishga taklif qilamiz! “IT Park yuzi” ruknining navbatdagi qahramoni - Eksport boʻlimi boshligʻi Sultonmurod Rasulov boʻldi.

Sultonmurod 24 yoshda. U Polshadagi Collegium Civitas universitetining “Xalqaro biznes va menejment” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini tamomlagan.

Qahramonimiz IT Park Uzbekistanʼdagi faoliyatini 2021-yil dekabr oyida boshlagan. Uning soʻzlariga koʻra, u Oʻzbekiston uchun muhim va keng koʻlamli sohada rivojlanishni rejalashtirgani uchun ish joyini tanlashga mas’uliyat bilan yondashgan.

“IT Parkda ishlagan tanishlarimdan biri ishga kirishimni maslahat berdi. Uning maslahatiga amal qilib, muvaffaqiyatli ishga joylashdim. Meni tashqi bozorda promo-menejer sifatida ishga olishdi. O‘ylaymanki, men bu mashaqqatli yo‘lni muvaffaqiyatli bosib o‘tib, rahbariyatning umidlarini oqladim va shu tariqa ular menga muhimroq vazifalarni ishonib topshira boshladilar”.

Endilikda Sultonmurod zimmasiga IT Park rezident kompaniyalari eksportini koʻpaytirish, xorijiy kompaniyalarni Oʻzbekiston bozoriga jalb qilish, shuningdek, rezidentlarning xorijdagi xizmatlarini ilgari surish kiradi. Bundan tashqari, u yosh xodimlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga va jamoaga qoʻshilishlarida yordam beradi.

Nega aynan IT Park?

Sultonmurod ikki yildan buyon IT Park Uzbekistan manfaati yoʻlida tinmay mehnat qilmoqda. Uning eslashicha, karyerasining boshlanishi qiyinchiliklardan xoli boʻlmagan, biroq ahil jamoa va hamkasblarining qo‘llab-quvvatlashi uni to‘g‘ri kasb va kompaniya tanlaganiga ishontirdi.

“Har bir kasbning oʻziga xos qiyinchiliklari bor. Kasbiy yoʻlimda ham toʻsiqlar boʻldi, masalan, xorijiy kompaniyalar bilan aloqalar oʻrnatish, xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashish, ular bilan doimiy muloqotda boʻlish, taqdimotlar oʻtkazish, omma oldida chiqish qilish. Bunday vazifalar men uchun qiyin boʻlib tuyuldi, lekin doimo menga yo'l-yo'riq ko'rsatadigan va qo'llab-quvvatlaydigan ahil jamoam tufayli men barchasida muvaffaqiyatga erishdim.

Yangi korporativ muhitga moslashish davri ham qiyinchiliklarsiz oʻtmadi. Yangi hayot tarziga, yangi hamkasblar va yangi qiyinchiliklarga koʻnikishim qiyin edi. Biroq vaqt oʻtishi bilan men nafaqat koʻnikdim, balki, ular aytganidek, bir umrlik doʻstlar ham topdim. Va eng muhimi - oʻzaro tushunish va bir-birini hurmat qilish”.

IT Park hamma uchun, ayniqsa dunyoni o‘zgartirmoqchi bo‘lgan yoshlar uchun imkoniyatlar hududi, deya ishonch bildiradi qahramonimiz.

“Menga hamkasblarim, IT Park rahbarlari va sohamiz yetakchilarining tashabbusi va gʻayrati motivatsiya beradi. Men ishlayotgan va muloqot qilayotgan kompaniyalar Oʻzbekistonda oʻz ishtirokini oʻrnatishi, koʻp odamlarning hayotini oʻzgartirishi mumkin, degan fikr meni yanada ruhlantiradi. Men shaxs sifatida rivojlanayotganimni his qilyapman. IT Parkʼda ishlash – men bu yerda NIMA olishim haqida emas, bu yerda KIM boʻlishim haqida. Men bu ajoyib jamoa bilan ishlaganimdan minnatdorman”.

IT Parkda ishlash, innovatsiyalar va texnologiyalar orqali yaxshiroq kelajak yaratish ishtiyoqini uygʻotdi, deya qoʻshimcha qildi u. U ushbu oʻzgaruvchan sayohatning bir qismi boʻlish imkoniyatidan chin dildan minnatdor.

“Men uchun IT Park Uzbekistan shunchaki ish joyi emas, balki oʻzimni bagʻshida qilgan maqsadli missiyamdir. Bu Oʻzbekistonning porloq kelajagini shakllantirishda IT-sanoatning beqiyos salohiyatini koʻrishim mumkin boʻlgan joy va bu salohiyatni hayotga tatbiq etishda oʻz hissamni qoʻshishni sharaf deb bilaman”.

Oʻzbekistonning IT sohasi haqida qanday fikrdasiz?

Sultonmurod ta’kidlaganidek, Oʻzbekistonda IT sohasi jadal rivojlanib, mamlakat iqtisodiyotiga katta hissa qoʻshmoqda. Sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani va malakali kadrlar mavjudligi xalqaro kompaniyalarni mamlakatning IT-sanoatiga sarmoya kiritishga jalb qildi, deydi u.

“IT Park IT-sanoatining yuksalishi, IT-startaplari va kompaniyalari uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlashda mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida muhim oʻrin tutadi. Shuningdek, malakali ishchi kuchini rivojlantirishga xizmat qiladigan ish oʻrinlari yaratiladi. Bundan tashqari, IT Park kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion texnologiyalar va xizmatlar Oʻzbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlarida raqamli transformatsiyaga hissa qoʻshishi mumkin, bu esa samaradorlik, mahsuldorlik va raqobatbardoshlikni oshirishga olib keladi. Shunday qilib, IT Park mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga koʻmaklashish va fuqarolar uchun yorugʻ kelajak yaratishda muhim hissa qoʻshmoqda”.

Sevimli mashgʻulotlaringiz va orzularingiz haqida gapirib bering

Shaxsiy oʻsish va yangi tajribalarga ishtiyoqli odam sifatida bizning qahramonimiz uning qiziqishlarini aks ettiruvchi turli xil sevimli mashgʻulotlariga ega. U boʻsh vaqtini oʻz ustida ishlash va kitob oʻqish bilan oʻtkazadi.

“Men rok-n-rollʼning ashaddiy muxlisiman va Oasis, Nirvana va Rolling Stones kabi sevimli guruhlarimni xirgoyi qilishni yaxshi koʻraman. Sayohat qilishni ham yaxshi koʻraman, lekin mahalliy madaniyatiga toʻliq shoʻngʻish mumkin boʻlgan uzoq hududlarni kashf qilishni afzal koʻraman. Oʻz ustimda ishlash uchun oʻz-oʻzini takomillashtirishga koʻmak beruvchi kitoblarini oʻqishni, sovuq dush qabul qilish, diqqatni jamlash va motivatsiyani saqlash uchun meditatsiya va vizualizatsiya bilan shugʻullanish kabi yangi odatlarni sinab koʻrishni yoqtiraman”.

IT Parkʼda dunyoqarashi oʻrganilmagan galaktikalarni eslatuvchi ajoyib va koʻp qirrali insonlar ishlaydi. Siz mehribon IT Park oilasiga qoʻshilishni xohlaysizmi? Unda hr@it-park.uz  elektron manziliga oʻz rezyumengizni yuboring.

2023-02-21