IT-Parkda Amazon Web Services boshqaruvchi direktori Shohruh Joʻrayev bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

29-oktabr kuni IT-Park Uzbekistan texnoparkida Amazon Web Services kompaniyasining boshqaruvchi direktori Shohrux Joʻraev bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi, unda hamkorlikning barcha imkoniyatlari muhokama qilindi.


Uchrashuvning asosiy mavzulari quyidagilar boʻldi:
• IT-Park doirasida mazkur masalada AWS bilan hamkorlik qilish imkoniyatiga ega boʻlgan Oʻzbekistondagi maʼlumotlar markazlarini rivojlantirish.
• AWS Educate - bu taʼlim muassasalariga IT va bulutli texnologiyalar doirasida yangi avlod mutaxassislarini tayyorlashga imkon beradigan taʼlim dasturidir.
• Oʻzbekistondagi barcha hududlarda IT-markazlarni rivojlantirish.

Amazon Web Services – bu turli xildagi xizmatlarga moʻljallangan bulutli servislar platformasidir. Ushbu tuzilma yordamida maʼlumotlarni saqlash, dasturchilarning yirik ko’lamdagi ishlari uchun serverlarni ijaraga olish, eng katta darajada quvvat olish va shu kabilarni amalga oshirish mumkin. Bu eng keng imkoniyatlarga ega boʻlgan dunyodagi eng keng tarqalgan bulutli platforma boʻlib, u butun dunyodagi maʼlumotlarni qayta ishlash markazlari uchun 165 xil toʻliq funksiyali xizmatlarni taqdim etadi. Millionlab mijozlar, shu jumladan oʻsish surʼatlarining tezligi boʻyicha yetakchiga aylangan startaplar, yirik korporatsiyalar va yetakchi davlat idoralari, infratuzilmani joylashtirish, moslashuvchanlikni oshirish va xarajatlarni kamaytirish masalalarida AWS kompaniyasiga ishonadilar.


2019-10-29