IT-Parkda Belorus Respublikasi yuqori texnologiyalar parki rahbariyati bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Bugun, 2019-yil 10-sentyabr kuni, IT-Parkda mazkur tashkilot direktori Farhod Ibragimovn YTP direktori Vsevolod Yanchevskiy bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda IT-park va YTP taskilotlarining yetakchi mutaxassislari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida tomonlar IT Park va YTP oʻrtasidagi hamkorlikning potensial imkoniyatlarini, ushbu sohani yanada rivojlantirish uchun  IT sektorida venchur moliyalashtirish masalasini davlat darajasiga koʻtarish ahamiyatini, shuningdek, mamlakatlarning IT-potensialini oshirishda taʼlimning muhim rolini muhokama qilishdi. Shuningdek, Vsevolod Yanchevskiy Belorus Respublikasida IT sohasini rivojlantirish tajribasi, xususan, YTP misolida muammolar va ularni hal qilish usullari bilan oʻrtoqlashdi. Tomonlar Oʻzbekiston bozorining axborot texnologiyalarini rivojlantirishga qiziqishini oshirish zarurligi toʻgʻrisida fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunida IT-Park va uning huquqiy hamkori boʻlmish “Алейников и Партнеры” YTP firmasi oʻrtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

“Алейников и Партнеры” yuridik firmasi yuqori texnologiyalar parkida Belorus Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish toʻgʻrisida”gi farmoni loyihasini ishlab chiqish boʻyicha huquqiy maslahatchisi boʻlib, u shuningdek, kriptovalyutalar, kripto birjalar, ICO, aqlli shartnomalar sohasini har tomonlama huquqiy tartibga solish ishlarini ham amalga oshiradi.

Eslatib oʻtamiz, YTP 2005-yilda tashkil etilgan boʻlib, bugungi kunda 563 ta kompaniya YTP rezidenti hisoblanadi. 2018-yilda YTP rezidentlarining umumiy ishlab chiqarish hajmi 1,54 mlrd. dollarni tashkil etgan, ichki bozor uchun esa rezidentlar 143 mln. dollar miqdoridagi IT-gʻoyalarni ishlab chiqdilar va joriy qildilar. Eksport hajmi - 1,41 milliard dollarni tashkil etdi.
 

2019-09-10