IT-Parkda birinchi kun: inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarining ikkinchi mavsumida ishtirok etuvchi startap-jamoalar

2020-yil 12-fevralda IT-Parkda inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarining ikkinchi mavsumida ishtirok etuvchi startap-jamoalar uchun birinchi kirish mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Kirish darsida IT-Parkning startap boʻlimi vakillari ishtirokchilarni oʻquv dasturi bilan tanishtirdilar, ular bilan mashgʻulotlar tartibini muhokama qildilar va ularga IT-Park taqdim etuvchi imkoniyatlar va xizmatlar haqida maʼlumot berdilar.

Mashgʻulot oxirida har kim oʻzini qiziqtirayotgan savollarni berishi, bir-birlari bilan tanishishi va IT-Parkning startaplar boʻlimi vakillari bilan shaxsan muloqot qilishi uchun barchaga vaqt ajratildi.

Mashgʻulot yakunida barcha ishtirokchilar toʻliq maʼlumotlarga ega boʻlishdi, eng muhimi, mashgʻulotdan toʻla qoniqish hosil qilishdi. Tez orada ular IT-Parkning inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarining rasman taʼlim oluvchilari boʻlishlari toʻgʻrisidagi kelishuvni imzolashlari kerak boʻladi.

2020-02-15