IT-Parkda Britaniyaning S-RM konsalting kompaniyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

2019-yil 21-oktyabr kuni IT-parkda Britaniyaning S-RM konsalting kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

S-RM – xalqaro IT bozorlaridagi xavflarni tahlil qilish masalalari boʻyicha dunyodagi yetakchi maslahatchilardan biri hisoblanadi. Ular xalqaro tashkilotlar va korporatsiyalarga, kiberhujumlar, xavfsizlikka tahdidlardan tortib, korporativ nizolargacha boʻlgan, jiddiy muammolarni hal qilishda yordam beradi.


Uchrashuvda S-RM vakillari, Oʻzbekiston IT-bozori xalqaro tashkilotlar uchun Markaziy Osiyo mintaqasida eng istiqbolli mamlakatlardan biri hisoblanishini, chunki Oʻzbekiston mehnatga layoqatli yoshlarning katta foiziga, rivojlanish istagiga ega va davlat tomonidan keng qoʻllab-quvvatlanayotgan, nisbatan yangi va moslashuvchan bozor ekanligini taʼkidladilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar qoʻshma hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida kelishib oldilar.

2019-10-23