2019-yil 8-sentyabr kuni IT-Parkda EPAM Systems kompaniyasi vitse-prezidenti Andrey Savastyuk va EPAM Toshkent ofisining rahbari Renat Axtamov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Belarusiyalik tomon startaplarni rivojlantirish dasturlari, IT-Parkni rivojlantirish rejalari bilan tanishdi, xususan, Oʻzbekiston IT-sanoatidagi, jumladan birinchi IT-Parkning yaratilishi bilan bogʻliq sezilarli oʻzgarishlarni, hamda, IT-ekotizimni rivojlantirishda davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning muhimligini taʻkidladi.
Uchrashuvda IT-Parkga qoʻshilish shartlari va rezidentlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, shuningdek, taʻlim dasturlarini birgalikda amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar taʻlim sohasida hamkorlik qilish imkoniyatlarini yanada batafsil muhokama qilish zarur ekanligini taʻkidlashdi.
EPAM Systems – 1993-yilda tashkil etilgan Amerikaning IT-kompaniyasi. Buyurtma asosidagi dasturiy taʻminotni ishlab chiqarish boʻyicha eng yirik xalqaro ishlab chiqaruvchi, konsalting mutaxassisi, Belarus Respublikasi Yuqori Texnologiyalar Parki rezidenti. Kompaniyaning bosh ofisi Pensilvaniya shtatining Nyutaun shahrida joylashgan, uning filiallari esa, dunyoning 25 dan ortiq mamlakatlarida mavjud.
2019-10-10