2020-yil 6-fevral kuni IT-Parkda Gruziyaning “Georgian Integrated Systems” (GIS) kompaniyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Mazkur tashrif hisob boʻyicha kompaniyaning IT-Parkga ikkinchi tashrifi boʻldi. “Georgian Integrated Systems” bilan birinchi uchrashuv 2019-yil oktyabr oyida boʻlib oʻtgan edi.
Taʼkidlash joizki, mehmonlar IT-Parkda yuz bergan koʻplab oʻzgarishlarga ijobiy fikr bildirishdi. Eng avvalo, “GIS” vakillari 2022-yilga qadar amalga oshirilishi rejalashtirilgan IT-Parkning yangi loyihasining qurilishi koʻlamiga, shuningdek, miqyosi jihatidan mazkur loyiha boshlangʻich konsepsiyadan tubdan farq qilishiga alohida eʼtibor qaratdilar.
Ushbu tashrif doirasida tomonlarning hamkorligiga oid bir qator masalalar muhokama qilindi.
2020-02-07