Bir necha oy oldin biz IT Parkʼda inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarining uchinchi toʻlqini boshlangani haqida xabar bergandik. Shu vaqt ichida dastur ishtirokchilari bilan juda koʻp ishlar qilindi. Bugun biz oʻtgan bir oy ichida dasturlar doirasida amalga oshirilgan ishlarimiz toʻgʻrisida gapirib bermoqchimiz.
Dastur 12-aprelda boshlangan. Shundan buyon 5 ta oʻquv mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi, ulardan 2 tasini chet ellik mutaxassislar olib bordilar va 2 tasi ekspertlar sessiya boʻldi.
Dasturlar ishtirokchilari maʼruzachilar bilan birgalikda mahsulot va bozorni oʻrganish hamda mahsulotni boshqarish mavzularini oʻrganishdi, xususan: “Lean Startup. Bugungi kunda startaplar qanday amalga oshirilmoqda?”, “Toʻgʻri Customer Development”, “Mahsulotni sinovdan oʻtkazish”, “Mahsulotni qanday baholash kerak” va boshqalar.
Ayni paytda startaplarni ustozlar bilan baholash jarayoni ketmoqda, ularning har biri xorijlik mutaxassislardir. Keyinchalik, startaplar biznes va moliyaviy modellashtirish, bozorni oʻrganish, foydalanuvchi sotib olish mavzularida modullarga, shuningdek, soha mutaxassislarining koʻplab maslahatlariga ega boʻladi.
Shuni ham taʼkidlash joizki, biz ushbu kovorking markazida startaplarimiz ish boshlashlari uchun “C Space” kovorking markazining ochilishini kutmoqdamiz.
Eslatib oʻtamiz, inkubatsiya dasturi ajoyikb istiqbolli gʻoyalarga ega ixlosmandlarga moʻljallangan boʻlib, mutaxassislar ularga oʻz gʻoyalarini oʻquv jarayonida amalga oshirishda yordam berishadi. Akseleratsiya dasturi, oʻz navbatida, yanada toʻliq mahsulotni shakllantirish uchun ishlab chiqilishi kerak boʻlgan prototip egalari uchun moʻljallangan.
IT Parkʼdagi inkubatsiya va akseleratsiya dasturining uchinchi toʻlqini 3 oy davomida 8 ta modul va 34 ta tadbirdan iborat boʻladi.
Tadbirlar oʻquv hamda ekspertlik mashgʻulotlarini, maydon sinovlarini, Bootcamp va, albatta, pizza kechasini oʻz ichiga oladi! Eng soʻnggida esa, ishtirokchilarni, har doimgidek, oʻz loyihalarini namoyish etishi mumkin boʻlgan Demo Day boʻlib oʻtadi.
2021-05-18