IT Parkda “Ma’lumotlar tahlili amaliyotda” mavzusida seminar bo‘lib o‘tadi

1-iyun kuni IT-Park Toshkent filialida “Ma’lumotlar tahlili amaliyotda” mavzusida seminar o‘tkaziladi.

Seminar kelajakda ishga joylashish uchun ajoyib imkoniyat. Tadbir Germaniya muhitida ma’lumotlar tahlili sohasida ko‘nikmalarga ega bo‘lishni xohlovchi yosh iqtidorli data analyst’lar (ma’lumotlar tahlilchisi) uchun mo‘ljallangan.

Tadbir spikeri Farhod Rasulov, Accenture (Germaniya) yechimlar bo‘yicha arxitektori, “FZD Global” kompaniyasi texnik direktori, McKey, DasIT asoschilaridan biri.

Amaliy seminarda kimlar ishtirok etishi mumkin?

 

Quyidagi ko‘nikmalarga ega IT-mutaxassislari:

- ma'lumotlarni tahlil qilish va modellashtirish amaliyoti

- ETL bilan ishlash

- asboblar paneli bilan ishlash tajribasi

- ma’lumotlar ombori

- SQL tilini bilish

Shuningdek:

- Python (Pandalar yoki PySpark)

- Java, Scala

- Agile Environment va SAP bo‘yicha tajribaga ega, ingliz tilini bilish darajasi yuqori bo‘lgan nomzodlar.

Tadbir o‘tkazilish vaqti: 10:00-13:00

Seminar ingliz tilida olib boriladi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun rezyumeingizni a.anvarov@it-park.uz elektron manziliga yoki Telegram’dagi @akbarss07 akkauntiga jo‘nating.

Spiker haqida ma’lumot:

• Cloud Architect va ma’lumotlarni tahlil qilish sohasida 7 yillik tajribaga ega;

• 3 yildan ortiq “INFOMOTION GmbH” kompaniyasida Solution Design lavozimida faoliyat yuritgan.

 

2022-05-26