“Atos” kompaniyasining Rossiya filiali vakillari oʻzlarining Toshkentdagi yoʻl shousi doirasida, 2020-yil 6-fevral kuni IT-Parkga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida mehmonlarimiz IT-Park faoliyati bilan tanishdilar, shuningdek tomonlar kelgusida ikki tomonlama hamkorlik qilish mumkin boʻlgan jihatlar va yoʻnalishlarni muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida “Atos” vakillari Respublikamizning turli hududlarida amalga oshirilayotgan IT-Park filiallari loyihalarining katta ahamiyatga egaligini va ularni amalga oshirish davlat tomonidan va shaxsan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotganligining ulkan ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlab oʻtdilar.
2020-02-07