Bugun, 2019-yil
13-dekabr kuni, IT-Parkning dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari
texnoparkida rossiyalik olim, fizika-matematika fanlari doktori, Skolkovo fan
va texnologiyalar institutining professori Ivan Valerevich Oseledes tashrif
buyurdi.
Uchrashuvda IT-Parkning taqdimoti boʻlib oʻtdi, unda tashkilotning umumiy faoliyati, startap jamoalari, rezidentlik va IT-taʼlim haqida soʻz yuritildi. Mamlakatimizda boʻlajak IT mutaxassislarining soni va sifatini oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab IT-markazlarini rivojlantirishning muhimligi taʼkidlandi.
Professor Oseledes, shuningdek, Skolkovo Innovatsiya Markazi va IT-Park oʻrtasida kadrlar malakasini oshirish sohasida hamkorlikni rivojlantirishni taklif qildi.
Eslatib oʻtamiz,
fizika-matematika fanlari doktori Oseledesning ilmiy qiziqishlari sohasi tenzorli ajratishlar, koʻp
oʻlchovli masalalar, hisoblash matematikasi, chiziqli algebra, matematik
modellashtirish, maʼlumotlar tahlilidir.
Ivan Oseledes amaliy matematikada yangi yoʻnalish – hisoblash tenzor usullari uchun poydevor qoʻydi. Taklif qilinayotgan usulning mohiyati oʻrganilayotgan obʼyektni tavsiflovchi koʻp oʻlchovli maʼlumotlarning (massivlarning) katta hajmini samarali qayta ishlashdan iborat. Koʻp oʻlchovli massivlar (tenzorlar – obʼyektning matematik ifodasi) fizika, kimyo, biologiya sohasida va maʼlumotlarni qayta ishlash bilan bogʻliq koʻplab masalalarda yuzaga keladi.
2019-12-17