IT-Parkda startap jamoalari uchun “Pizza Party” boʻlib oʻtdi

2020-yil 18-fevral kuni IT-Parkda inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarining ikkinchi mavsumidagi startap jamoalari uchun “Pizza Party” tashkil etildi.

Mazkur kecha IT-Park vakillari tomonidan startap jamoalarini ularning boʻlajak trekerlari va mentorlari bilan tanishtirish maqsadida tashkil etildi.

Tadbir davomida startap jamoalari ishtirokchilari bir-birlari bilan tanishishdi va oʻzaro erkin suhbatlashishdi, IT-Park vakillari bilan, shuningdek, trekerlar va mentorlar bilan qiziqarli mavzularni muhokama qilishdi va albatta yoqimli muhitda pitsa va ichimliklar mazasidan bahramand boʻlishdi.

2020-02-18