15-16 oktabr kunlari Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI) tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va IT-Park koʻmagi ostida “Startaplar ekotizimining mintaqaviy hamkorligi raqamli iqtisodiyotning oʻsishining asosiy omili” mavzusida seminar-praktikum boʻlib oʻtdi.
Seminarga yuqori texnologiyalar parklari taqdim etayotgan startaplar ekotizimini muvofiqlashtirish va rivojlantirish boʻyicha masʼul boʻlgan menejerlar va mutaxassislar, innovatsiyalarni rivojlantirish agentliklari, vazirliklar, tartibga soluvchi organlar va ilmiy tashkilotlar, shuningdek, uskunalar va dasturiy taʼminot operatorlari va ishlab chiqaruvchilari, MDH mintaqasi davlatlari va qoʻshni mamlakatlar bozorlariga chiqmoqchi boʻlgan startaplar, shuningdek mintaqaviy startaplarning salohiyatli investorlari taklif etildi.
Hammasi boʻlib, tadbirda 8 mamlakat (Rossiya, Qozogʻiston, Gruziya, Belarusiya, Qirgʻiziston, Ozarbayjon, Germaniya, Oʻzbekiston) vakillari ishtirok etishdi.
Seminar qatnashchilari loyihalarning jozibadorligini oshirish va kompaniyalar kapitallashuvini oshirish uchun qoʻshni bozorlarda startaplarni kengaytirish jarayonining muhimligini taʼkidladilar va unda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
IT-Park nomidan Farhod Ibragimov, Abdulahad Kuchkarov va Amir Mardiev soʻzga chiqishdi.
Shuningdek, IT-Park rezidentlari boʻlgan Fastago, Revizor, Document Scanner, ESL, Meteostation va Agromat kabi bir qator startaplar oʻz loyihalarini namoyish etishdi. Shuningdek, Akmal Payziev ham oʻz loyihalarini (MyTaxi, Express 24 va boshqalarni) taqdim etdi. Seminar yakuniga koʻra, 2019-yil 16-oktabr kuni IT-Park hududida, yuqoridagi barcha masalalarni oʻz ichiga olgan, shu jumladan venchur moliyalashtirish mexanizmlari yordamida qoʻshni bozorlarda startaplarni kengaytirish jarayonlarining ahamiyati alohida belgilangan, startaplar ekotizimlarining mintaqaviy hamkorligi (SEMH) toʻgʻrisida Toshkent deklaratsiyasi imzolandi.
2019-10-16