2020-yil 28-29-fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining hukumat bilan aloqalar va xalqaro hamkorlik, strategiya va kelajak departamentining katta xodimi Xumaid Al Basti va davlat xizmatlarini rivojlantirish departamentining loyiha menejeri Muhammad Al-Fahim ishtirokidagi delegatsiyasi IT-Parkga tashrif buyurdi.
Mazkur delegatsiya “mGovAward” mobil ilovalarni ishlab chiqish boʻyicha respublika tanlovi doirasida jamoalar va mobil ilovalarni baholagan ekspert komissiyasidir.
Shuningdek, ekspertlar komissiyasi tarkibiga quyidagilar kirishdi: IT-Parkning innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari A. Qoʻchqorov, SSP huzuridagi “SSP Maroqand” UK direktorining oʻrinbosari M.Rasulov, DSQ huzuridagi “Yangi Texnologiyalar” markazining mobil rivojlantirish boʻlimi bosh mutaxassisi Sh. Alimov, “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” DUK maʼmuriyati boʻlim boshligʻi M. Xamitov, Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarni joriy etish boʻlimi boshligʻi B. Sindorov, OOʻMTV ning axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻlimi yetakchi mutaxasisi F. Saidov, Xalq taʼlimi vazirligi axborot va kommunikatsiya texnologiyalari boʻlimi boshligʻi L. Xoʻjaqulov, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining tadbirkorlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari I. Barnoev.
Ekspert komissiyasining baholash va qaror qabul qilish ishlari qulay boʻlishi uchun barcha sharoitlar yaratildi. Mutaxassislar uchun kompyuter texnikalari va alohida xona ajratilgan boʻlib, u yerda mutaxassislar ikki kun davomida ularga jamoalar tadim etgan dasturiy ilovalardan foydalanib koʻrdilar va ularning sifatini baholadilar.
Yarim finalga jami 18 ta jamoa oʻtdi, oʻtgan jamoalar va mobil ilovalar roʻyxati bilan quyida tanishishingiz mumkin.
2020-03-06