IT-Parkga “Wise School” maktabi oʻquvchilari tashrif buyurishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan beshta tashabbusning uchinchi tashabbusi doirasida mamlakatimiz yoshlari o‘rtasida axborot texnologiyalariga, shuningdek kompyuter savodxonligiga qiziqishni oshirish maqsadida, 2020-yil 14-fevral kuni “Wise School” maktabining 100 ga yaqin o‘quvchisi IT-Parkga tashrif buyurdi.

IT-Park vakillari ularni mamnuniyat bilan kutib olishdi va ekskursiya oʻtkazishdi, shuningdek IT-Park nima bilan shugʻullanishi, uning asosiy vazifalari haqida gapirib berishdi va bizning tashkilotimizning oʻziga xos xususiyatlari haqida gapirib berishdi.

Oʻquvchilar IT-Parkning faoliyatiga juda qiziqib qolishdi va turli savollar berish va IT-Park dasturlari va loyihalariga qiziqish bildirish bilan oʻzlarining faolligini koʻrsatishdi.

Bugungi uchrashuv tufayli maktab oʻquvchilari oʻzlarining kelajakdagi faoliyat yoʻnalishlari haqida oʻylashlari uchun yaxshi maʼlumotlarga ega boʻlishdi, startaplar yaratish fikri bilan ruhlanishdi va IT sohasiga yanada koʻproq qiziqib qolishdi.

2020-02-18