IT-Parkning 15 ta yangi rezidenti!

Bor-yoʻgʻi bir oy oldin biz oʻzimizning 11 nafar rezidentimiz haqida gapirib bergan edik, bugunga kelib esa ularning soni 26 taga yetdi! Bizning rezidentlarimiz loyihalari juda talabgir, shuning uchun biz ularning faoliyati keng doiradagi foydalanuvchilarga maʼlum boʻlishini istaymiz.

Keling, ular kimligini bilib olaylik:

“MAYASOFT” MChJ “MARTA” deb nomlangan mobil ekvayring loyihasini olib bormoqda. Agar smartfonga ekvayring ulansa, EMV standartidagi bank kartalaridan, shu jumladan Visa, MasterCard, UnionPay xalqaro protsessing tizimlari va “HUMO” milliy protsessing tizimi kartalaridan toʻlovlarni qabul qilish mumkin boʻladi. Rezidentning veb-sayti: Marta.uz.

“UPDIVE” MChJ respublika va chet el korxonalarida axborot texnologiyalarini joriy qilish, rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha biznes jarayonlarini oʻrganish va amalga oshirish , shuningdek ularni raqamli oʻzgartirishdan boshlab barcha jarayonlarda, shuningdek dasturiy taʼminotni ishlab chiqish va IT-infratuzilmani sozlash sohasida konsalting xizmatlarini taqdim etish bilan shugʻullanadi.

“ALIF TECH” YaTT MChJ tovarlarni boʻlib toʻlash sharti bilan berishning toʻliq sikli uchun dasturiy taʼminot koʻrinishidagi tayyor yechimlarni taqdim etuvchi moliyaviy-texnologik tashkilot.

“DATAGAZE” MChJ DLP maʼlumotlarining tashqariga chiqib ketishining oldini olish milliy tizimini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi.

“FARSOFT” XK buxgalteriya hisobi sohasida BPR xizmatlarini taqdim etadi, ularning natijalari boʻyicha mijozning biznes jarayonlarini bozorda amalda boʻlgan dasturiy taʼminotdan foydalangan holda avtomatlashtirish shuningdek, mos dasturiy taʼminot boʻlmagan holatda yangisini ishlab chiqishni taklif etiladi.

“HOOP CLUB” MChJ QK – banklar va boshqa moliyaviy institutlar uchun fintex yechimlarni tadbiq etish platformasini ishlab chiqish, joriy etish va texnik xizmat koʻrsatish.

“JUNIOR CODE” MChJ – bu 4 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalarga dasturlash boʻyicha taʼlim beradigan “YuniorKod” maktabi. Rezidentning telegram kanali: t.me/juniorcodeuz.

“NEW LINE SOLUTIONS” MChJ dasturiy taʼminotni ishlab chiqish, domenlarni roʻyxatdan oʻtkazish va veb-xosting bilan shugʻullanadi.

“MAAB INNOVATION” MChJ IT-texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish, kompyuter dasturlash, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi maslahatlar berish boʻyicha xizmatlarni, xususan maʼlumotlarni joylashtirish va qayta ishlash xizmatlarini taqdim etish boʻyicha loyihani amalga oshirmoqda.

“DEVOPS” MChJ toʻlovlarni qabul qilishning avtomatlashtirilgan tizimini ishlab chiqish, shuningdek, banklar va moliyav tashkilotlar uchun boshqa bulutli dasturiy yechimlarni ishlab chiqish bilan shugʻullanmoqda. Xususan, kompaniya avtomatlashtirilgan depozit mashinalari uchun joylarda tushumni mustaqil topshirishga imkon beradigan dasturni, oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish qurilmalarini monitoring qilish tizimini va elektron raqamli imzolardan foydalanish bilan yuridik tashkilotlar oʻrtasida onlayn shartnomalar tuzish tizimini ishlab chiqdi.

“MONDAY LABS” MChJ raqamli oʻzgarishlarni ishlab chiqish va dasturiy taʼminotni ishlab chiqish boʻyicha eng yirik konsalting va autsorsing kompaniyasi boʻlib, u kompaniyalar va korporativ mijozlarga ularning raqamli evolyutsiyasi jarayonida doimo yuzaga keladigan murakkab muammolarni hal qilishda yordam berib, ilgʻor muhandislik yechimlarini taqdim etadi. 2012-yildan beri ular koʻplab brendlar uchun dasturiy taʼminotni ishlab chiqish boʻyicha uzoqni koʻra oladigan va ishonchli hamkor boʻlib kelmoqdalar. Shuningdek, rezident Buxoro shahrida dasturlashni oʻrgatish boʻyicha oʻzining oʻquv markaziga ega. Rezidentning veb-sayti: https://mondaylabs.tech/

 “Great Business Solution” MChJ – hozirgi kunda rezidentning asosiy faoliyati dasturiy mahsulotlar taqdim etish hisoblanadi. Hozirgi vaqtda tovarlarni boʻlib toʻlash sharti bilan olish imkoniyatini taqdim etuvchi “esavdo” va “7007” dasturiy taʼminoti ishlab chiqilgan. Rezidentning veb-sayti www.esavdo.uz

“INVAN SOFT” MChJ kafelar, doʻkonlar, goʻzallik salonlari va savdo-sotiq va xizmatlar koʻrsatish biznesining boshqa turlari uchun avtomatlashtirish tizimini (POS-tizim) oʻrnatadi. Kompaniya kichik va oʻrta biznes uchun bepul POS tizimini va ombor hisobini joriy etish bilan shugʻullanadi. Rezidentning veb-sayti: www.invan.uz

“DATALAB” MChJ xodimlarning ofisdagi va ofisda boʻlmagan ish vaqtini hisobga olishni osonlashtiradigan, kompaniya ichidagi qogʻoz byurokratiyasini kamaytiradigan va muayyan xodimning butun korxona boʻyicha harakatini kuzatishga imkon beradigan “VERIFIX” dasturini taqdim etadi. “VERIFIX” HR management va aqlli video-tahlillarni oʻzida birlashtiradi. Rezidentning veb-sayti: https://verifix.com/

“AXON LOGIC” MChJ poyezdlar kelgan joylarda yuk vagonlari sonini hisoblash va raqamlarini aniqlash asosida logistika sohasini nazorat qilish maqsadida asosiy vazifasi maishiy texnikalarni yigʻishda maʼlumotlarni tahlil qilish va “Computer Vision” orqali korxona xodimlarining toʻgʻri ishlashini kuzatish boʻlgan “Machine Learning” tizimlariga asoslangan individual dasturiy yechimlarni ishlab chiqadi. Kompaniya, shuningdek, hamkorlar ehtiyojlarini qondirish uchun turli xil yondashuvlardan foydalanib aniq va shaffof ish jarayonlarini taʼminlaydi. Rezidentning veb-sayti: axonlogic.uz

Tez orada IT-Park rezidentlari yanada koʻpayadi. Bizning rezidentlarimiz haqida birinchi boʻlib bilish va hatto ulardan biriga aylanish uchun bizning yangiliklarimizni kuzatib boring!

2019-12-13