IT Parkning rezidenti LeeryBit yangi TBT-echimni yaratdi!

IT Parkning rezidenti, "LeeryBit" XK navbatlarni boshqarish tizimlari uchun dasturiy ta'minotni ishlab chiqaruvchi sifatida (TBT),"Mobile Solutions" MChJ ishlab chiqaruvchisi bilan birgalikda barcha manfaatdor tomonlarga, tashkilot nufuzini oshirishga xizmat qiluvchi mahsulotini taklif qiladi. Bu tizim - mijozlar va tashrif buyuruvchilar oqimini elektron boshqarish uchundir.

LeeryBit 2019 yil iyul oyida tashkil etilgan. Kompaniya dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish sohasida faoliyat olib boradi. U 2020 yil yanvar oyidan beri IT Parkning rezidenti bo'lib, IT xizmatlarining keng doirasini taklif etadi.

TBT - bu tashrif buyuruvchilarning nazoratini rasmiylashtirish va optimallashtirishga imkon beradigan dasturiy-texnik kompleksdir. Ushbu tizimning qo'llanilishi xizmat samaradorligini oshiradi va hodimlari uchun yuqori ish mahoratini beradi.

TBT - sizga tashkilot ichidagi tashrif buyuruvchilar oqimini maqsadli taqsimlashda yordam beradi va eng ko'p talab qilinadigan xizmatlar, shuningdek, ularni taqdim etish vaqti to'g'risida ma'lumotga ega bo'ladi.

Ushbu yechim yuqumli kasalliklarning karantin choralari ostida tarqalishining oldini olish va tashrif buyuruvchilarning ijtimoiy masofada qolishida muhim o'rin egallaydi.

Mahsulot 35 dan ortiq xizmat va funktsiyalarga ega, shuningdek keng doiradagi dasturlarga ega. Bugungi kunda kompaniya 12 oylik to'lov shartlari asosida TBT xizmatini taklif qilmoqda. Shu bilan birga, dasturiy ta'minot litsenziyasining muddati aniqlanmagan va kafolat muddati - foydalanishga topshirilgan kundan boshlab bir yil.

LeeryBit bilan bog'lanish: +998903289788

Pochta: t.mardiev@leerbit.uz

2020-05-29