2019-yil 18-noyabr kuni IT-Park texnoparkining startap loyihalari “Tehnobit”, “Six Touches” va “Moneyball” kompaniyalarining rossiyalik mutaxassislariga oʻz mahsulotlarini taqdim etdi.
Bizning jamoalarimiz oʻz loyihalarining oʻziga xosligi, ushbu mahsulotlarni qanday muammolarni hal qilishlari, istiqbollari va uning yordamida pul ishlash usullari haqida gaplashdilar.
Mehmonlar Oʻzbekistonda startap-ekotizimning jadal rivojlanib borayotganini qayd etdilar, startap loyihalarini takomillashtirish boʻyicha izohlar va maslahatlar berdilar, shuningdek, startap-sanoatning Rossiya tajribasi haqida gapirdilar.
Shuningdek, yigʻilishda IT-Park vakillari tashkilotning faoliyati, soliq tizimi va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi haqida taqdimot qildilar.
Tashrif yakunida tomonlar oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisida kelishib oldilar.
2019-11-19