IT-Park va AIFC Fintech Hub Markaziy Osiyo mintaqasida Fintech va Tech ekotizimlarini oʻzaro rivojlantirish boʻyicha memorandum imzoladilar.
Bitimning asosiy vazifalari Markaziy Osiyoda startaplar ekotizimini rivojlantirish, oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish, ikki qardosh mamlakatning IT-mutaxassislari oʻrtasida tajriba almashish va amalga oshirilayotgan startap loyihalarining miqyosini kengaytirishdan iborat.
Memorandumga asosan tomonlar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlik qiladilar:
• startap-loyihalarni xalqaro qoʻllab-quvvatlash;
• startap-jamoalar va IT mutaxassislari uchun almashinuv dasturlari;
• iqtidorli yangi ishbilarmon tadbirkorlarni rivojlantirish va ularga koʻmaklashish.
AIFC Fintech Hub – bu “Ostona” xalqaro moliyaviy markazi (OXMM, Astana International Financial Centre, AIFC) boʻlib, u Nyu-York va Londondan Dubay, Gonkong va Singapurgacha rivojlangan moliya markazlarining ilgʻor tajribalari va eng zamonaviy imkoniyatlarini birlashtiradi va uning maqsadi modernizatsiyani qoʻllab-quvvatlash va Qozogʻiston Respublikasini rivojlantirishdir. Xab korporatsiyalar va biznesmenlarga investitsiya sarmoyasini jalb qilish, hamda ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohasida qimmatli va samarali loyihalarni yaratish, savdo bozorlarini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlarni taklif etish orqali, Qozogʻiston va butun Markaziy Yevroosiyo mintaqasining barqaror rivojlanishiga hissa qoʻshmoqda.
2019-11-11