2022-yil 28-fevralda “IT startup of the year” tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali talabalari ishtirok etdilar.
Eslatib oʻtamiz, tanlov IT Park va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali “TATU” bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Tanlovda qatnashish uchun 25 nafar ishtirokchi ariza topshirdi va faqatgina 16 nafari tanlovning barcha bosqichlaridan o‘tib, final bosqichiga yo‘l oldi.
Eng yaxshi 3 ta innovatsion g‘oya qimmatbaho sovg‘alar va sertifikat bilan taqdirlandi.
1-o‘rin: Manzurova Zarina, MedAp. Ushbu dastur bemorlar va shifokorlar oʻrtasidagi aloqani taʼminlaydi.
2-o‘rin: Isomiddinov Ma’rufjon, JJ. Ushbu dastur ota-onalarga farzandlarining o‘quv jarayonini kuzatish imkonini beradi.
3-o‘rin: Ruziyeva Madinaxon, “Ishsiz”. Ushbu dastur ishsiz ayollarni ish bilan taʼminlaydi.
Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar – noutbuk, planshet va telefon bilan taqdirlandilar.
Ta’kidlash joizki, bunday tadbirlar IT sohasiga qiziquvchi yoshlar sonini oshiradi va O‘zbekistonda ushbu soha rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
2022-03-04