IT Tadbirkor kursining barcha talabalari uchun tanlov e’lon qilamiz.
IT Tadbirkor kurslari IT sohasida biznes tadbirkorlikni o‘rgatish, odamlarda innovatsion faoliyat ruhini ulashish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy sohada talab qilinadigan biznesni tashkil etishda innovatsion yondashuvni yaratishga qaratilgan.
Yana shuni mamnuniyat bilan ma’lum qilamizki, barcha vebinarlar va mashg‘ulotlarda faol ishtirok etgan talabalar diplom ishini a’lo baholarga topshirganlaridan so‘ng taqdirlanadilar.
Tanlov shartlari:
IT Tadbirkor talabasi o‘quv jarayonida faol ravishda o‘zini namoyon qilishi, dars va vebinarlarni o‘tkazib yubormasligi va kurs oxirida diplom ishi yozishi kerak.
Munosib diplom ishi Cambridge o‘quv markazidan bepul oylik ingliz tili kursi bilan taqdirlanadi. Mukofotlar soni jami uchta.
Diplom ishi bugungi kunda O'zbekiston IT sohasining muvaffaqiyatli tadbirkorlaridan hisoblangan, CAMBRIDGE Learning Center ta’sischisi va VRonica - virtual haqqoniylik formatida o‘yinlar yaratuvchi studiyasi asoschisi Jahongir Po‘latov hamda Akmal Solihov tomonidan ko‘rib chiqiladi.
O‘z potentsialingiz va ichki tadbirkorligingizni mutlaqo bepul rivojlantirish, shuningdek, 2020-yil 9-noyabrida bo‘lib o‘tadigan ingliz tilini o‘qitish va maslahatlashuv uchrashuviga bepul oylik sertifikat olish imkoniyatini qo‘lga kiriting.
Kurslarga ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://epark.uz/courses/10/landing
2020-10-06