ITWomenUZ: Sirdaryoda “ayollar daftari”ga kiritilgan ayollar uchun maxsus kurslar bo'lib oʻtdi

2021-yilda ayollarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga jalb qilishga qaratilgan “ITWomenUZ” loyihasi doirasida IT Park va Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda loyiha ishtirokchilari uchun treninglar oʻtkazildi.

Loyihaning asosiy maqsadi ayollar daftari tarkibiga kiradigan ayollar uchun axborot texnologiyalari sohasida taʼlim olish va ish bilan taʼminlanish imkoniyatini yaratishdir.

Eslatib oʻtamiz, “ITWomenUz” bu 35 yoshgacha boʻlgan kam ta’minlangan qizlarni tadbirkorlik va axborot texnologiyalari koʻnikmalariga oʻrgatishga moʻljallangan qisqa kurslardir. Kurs 2021-yil 17-fevraldan 4-martgacha “ayollar daftari” ro'yxatiga kiritilgan qizlar uchun oʻtkazildi.


 


 

 

2021-03-16