Jahon banki vakillari IT Park Sirdaryo filialiga tashrif buyurishdi

Jahon banki (World Bank) delegatsiyasi “Digital inclusion Uzbekistan” loyihasi doirasida dastlabki baholash missiyasi uchun O‘zbekistonga keldi.

Uning tarkibiga raqamli rivojlanish bo‘yicha katta mutaxassis (JB ishchi guruhining yangi rahbari) Sandra Sargent, raqamli rivojlanish bo‘yicha yetakchi mutaxassis (JB guruhi sobiq rahbari) Xuan Navas Sabater, raqamli rivojlanish bo‘yicha katta mutaxassis (JB) Mixail Bunchuk va boshqalar kiradi.

Tashrif davomida Jahon banki vakillari IT Park Sirdaryo filialiga tashrif buyurib, yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek, BPO markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Mehmonlarga axborot texnologiyalari sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalar haqida so‘zlab berildi.

Shuningdek, “O‘zbekistonda inklyuziv raqamlashtirish” loyihasi doirasida Jahon banki vakillari BPO markazlarini tashkil etish va ularni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Sirdaryo viloyatida qad ko‘tarishi rejalashtirilgan BPO markazi binosini ko‘zdan kechirdilar.

Uchrashuvlar davomida “Digital Inclusion Uzbekistan” loyihasiga tayyorgarlik ko‘rishni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, Jahon Banki missiyasi loyihaga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan boshqa tadbirlarni muhokama qilishni rejalashtirmoqda.  

2022-07-04