Malaka oshirish dasturi doirasida Samarqand, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlaridagi IT-Markazlari o‘qituvchilari uchun ikki kunlik o‘quv treninglari tashkil etildi. Maʼruzalar Janubiy Koreyaning IT-mutaxassislari David Hu, Jeong Jun Lee va Eui Ho Hong tomonidan oʻtkazildi.
Treningning birinchi kuni robototexnika va dasturlash asoslariga bag‘ishlangan edi.
Ikkinchi kuni o‘qituvchilar “Entry” dasturini o‘zlashtirdilar – ular dasturda turli o‘yinlar yaratish va uni Arduino platformasiga integratsiya qilishni o‘rgandilar.
Treningda ishtirok etish IT-Markazlarining oʻqituvchilariga oʻz yoʻnalishlari boʻyicha yangi bilim olish va oʻqitish malakasini oshirish imkonini berdi.
Tadbir so‘ngida kurs ishtirokchilari robototexnika va umuman axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
2022-04-14