Janubiy Koreyaning WiseStone kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda

Xizmatlar eksportini rivojlantirish direktori Mahliyo Muksinova boshchiligidagi IT Park delegatsiyasi WiseStone kompaniyasi asoschisi va bosh direktori Yeong-Seok Li, WiseStone-T bosh direktori In-Suk Kim hamda KOIIA vakili Sungjoom Lim bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar bugungi kunda butun dunyo bo‘ylab texnologik kompaniyalar duch kelayotgan muammolarni, xususan, kadrlar yetishmasligi va soliq yuklarini muhokama qildilar. Qolaversa, biznesni faol rivojlantirish yo‘lidagi eng katta to‘siq demografik omil hisoblanadi: IT-mutaxassislari bozori yildan-yilga kamayib bormoqda.

Uchrashuvda WiseStone vakillariga malakali mutaxassislar yetishmasligi muammosini hal etishning mumkin bo‘lgan yechimi sifatida mamlakatning inson kapitali haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. IT Park vakillari Farg‘ona viloyatini koreys tilining yuqori kirib borishi va rivojlangan infratuzilmasi tufayli kelajakdagi WiseStone ofisi uchun potentsial joy sifatida ko‘rib chiqishni taklif qilishdi.

Shuningdek, mehmonlarga IT-Parkni qo‘llab-quvvatlash dasturlari taqdim etildi. Ularda xorijiy kompaniyalarga minimal xarajat va IT-Park tomonidan to‘liq ko‘mak bilan O‘zbekiston bozoriga kirishga yordam beruvchi Zero Risk alohida qiziqish uyg‘otdi.

Janob Yeong-Seok O‘zbekiston bozori haqiqatan ham xorijiy IT-sektor vakillari uchun jozibador bo‘lib borayotgani haqida fikr bildirdi. Qo'llab-quvvatlash dasturlari mukammal, chunki ular faoliyatning deyarli barcha sohalarini qamrab oladi va boy inson kapitali bilan birgalikda biznesni kengaytirish uchun katalizatorga aylanadi. Yaqin kelajakda u O‘zbekistonga shaxsan tashrif buyurishni va mamlakatning IT-landshafti va kadrlar salohiyati bilan yaqindan tanishishni rejalashtirmoqda, shundan so‘ng O‘zbekiston bozoriga chiqish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinadi.

O‘zbekistonga Sharqiy Osiyo tadbirkorlarining qiziqishi ortib borayotganini alohida ta’kidlash lozim. Birinchi chorak yakunlariga ko‘ra, Janubiy Koreyaning 4 ta va Yaponiyaning 2 ta kompaniyasi IT Park rezidentiga aylanib, o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.

WiseStone haqida
WiseStone 2007-yilda o'z faoliyatini boshlab Xitoy va Vetnamda ofislari bo'lgan eng yirik Janubiy Koreya korxonalaridan biridir. WiseStone-T shtab-kvartirasi Seulda joylashgan IT sho'ba korxonasi bo'lib, u sinov xizmatlarini, moslashtirilgan texnologik yechimlarni sotishni, sifat kafolati va sifat nazorati bo'yicha konsaltingni taqdim etadi. Hozirda kompaniyada 400 dan ortiq xodim ishlaydi.

2024-04-23