2021-yil 11-mart sanasida Jizzaxdagi IT Park filialida Toshkentdagi IT Park vakillari “One Million Uzbek Coders” loyihasi doirasida IT Park va IT Markazʼlar menejerlari va maktab oʻqituvchilari uchun maxsus trening oʻtkazdilar.
Treningdan asosiy maqsad informatika oʻqituvchilarini “One Million Uzbek Coders” loyihasi bilan tanishtirish, loyihaning qanday amalga oshirilayotganligi va uning asosida oʻquvchilarga qanday samarali bilim berish haqida suhbatlashish boʻldi.
Jami 50 ta menejer va oʻqituvchilar treningda qatnashdilar. Trening davomida ishtirokchilar “One Million Uzbek Coders” loyihasi, loyihaning maqsadi va boshqalar bilan tanishdilar. Shuningdek, ishtirokchilar loyiha yaratish va ommalashtirish boʻyicha oʻz taklif va gʻoyalarini berishdi.
Bundan tashqari, IT Park vakillari oʻqituvchilarga “One Million Uzbek Coders” doirasida oʻtkazilgan tanlovning faol ishtirokchilari va uning doirasida uzbekcoders.uz platformasida koʻproq kurs bitiruvchilarini jalb qilgan top-100 oʻqituvchi tanlovi haqida soʻzlab berishdi.
Trening natijasida ishtirokchilar loyihaning mohiyati va IT Markaz va maktab oʻquvchilarini oʻqitish uchun kerakli boʻlgan batafsil va zarur maʼlumotlar bilan tanishdilar.
2021-03-15