Jizzax viloyatida “INNOWOMENWEEK” ayollar innovatsion loyihalari haftaligi bo‘lib o‘tdi

7-iyundan 11-iyunga qadar IT Parkning Jizzax filialida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda IT Park tomonidan Oila va xotin-qizlar ishlari davlat qo‘mitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda “INNOWOMENWEEK” ayollar innovatsion loyihalari haftaligi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Jizzax viloyatidagi ixtirochi ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.  

Innovatsiyalar haftaligida jami 60 nafardan ortiq xotin-qizlar va iqtidorli talabalar ishtirok etishdi.

Dastur doirasida IT Park filiali xodimlari loyihalari taqdimoti, shuningdek, yetakchi tadbirkorlar ishtirokida mahorat darslari o‘tkazildi.

Faol ishtirokchilariga diplom va sovg‘alar topshirildi.

Dastur yakunida barcha ishtirokchilar uchun IT Park bo‘ylab sayohat tashkil etildi.

2022-06-14