Jizzaxda “IDEATHON 2022” natijalari e’lon qilindi

IT Parkning Jizzax filiali tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining viloyat boshqarmasi hamda Jizzax politexnika Instituti bilan hamkorlikda “IDEATHON 2022” g‘oyalar tanlovi tashkil etildi.

Tadbirdan maqsad yosh mutaxassislarga kelajakda o‘z texnologik biznesini yaratishda ko‘mak berishdan iborat.

2 kun davom etgan musobaqada ishtirok etish uchun jami 70 ta ariza topshirilgan bolib, yakuniy bosqichgacha 20 ta loyiha yetib keldi.

Tanlovning birinchi bosqichidan o‘tgan loyihalar mualliflari ta’lim, sog‘liqni saqlash, turizm, transport va logistika, tadbirkorlik, ekologiya, davlat xizmatlari, robototexnika va energetika kabi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z mahsulotlarini hakamlar hay’ati a’zolariga taqdim etdilar.

Tadbir yakunida g‘oliblar nomlari e’lon qildi:

1-o‘rin “ADOS”  yoshlar bandligi platformasi loyihasi;

2-o‘rin "Geenline"  avtomobillar uchun smart-qulflar loyihasi;

3-o‘rin  “Elektromobil” loyihasi.

Tanlov g‘oliblari Jizzax politexnika Instituti tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, Ideathon turli sohalardagi mutaxassislarga kompaniya ichidagi biznes jarayonlarini takomillashtirish uchun yo‘naltirilgan g‘oyalar tanlovidir. Tadbirda ishtirokchilar qisqa vaqt ichida ma’lum bir g‘oya o‘ylab topish va uni MVP (minimal yashovchan mahsulot) ga aylantirish imkoniga ega.

2022-06-13