“JOB FEST 2021” bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi natijalari

Joriy yilning 27-may kuni OTM talabalari va bitiruvchilari uchun “JOB FEST 2021” bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Yarmarka IT Park tomonidan Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Yarmarkada O‘zbekistondagi quyidagi 40 tadan ortiq yirik kompaniyalar ishtirok etdi:

- CRPT Turon;

- Ucell;

- EPAM;

- Binokor;

- Sarkor Telecom;

- Payme;

- Monday Labs;

- Mimar group;

- Artel;

- Anorbank;

- Asaka;

- Цифровизация Агро;

- Astor Alliances;

- Turon telecom;

- TMT;

- QBA;

- Apllies Lab;

- Beeline;

- Ipoteka;

- Gross;

- KDB;

- Huawei;

- Uztelecom;

- Akfa;

- East Telecom;

- Click;

- Novalab;

- IT Med;

- Uzauto PVM;

- Orient Logistics system;

- Express 24;

- Perfect Consulting group;

- Alif tech;

- BTS;

- Fido Business;

- Uzinfocom;

- Texnomart va boshqa kompaniyalar.

Talabalar kompaniya vakillari bilan muloqot qilish, bo‘sh ish o‘rinlari, kompaniya istiqbollari haqida bilib olish, o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berish va kontakt almashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.


Bundan tashqari, yarmarka doirasida Inha universitetida “IT Talk” bo‘lib o‘tdi. “IT Talk” da IT sanoatining eng yirik “vakillari”, kompaniyalarning top menejerlari, xususan, IT Park direktorining xalqaro faoliyat bo‘yicha o‘rinbosari Bahodir Ayupov, “EPAM O‘zbekiston” direktori Renat Axtyamov, ”EPAM Belarusiya” kompaniyasi kadrlar tayyorlash direktori Yevgeniy Peshkur va boshqalar ishtirok etishdi.

Bahodir Ayupov talabalar hamda “IT Talks” ishtirokchilari bilan o‘z tajribasini bo‘lishdi, qanday qilib ishga joylashganligi, qanday qiyinchiliklardan o‘tishiga to‘g‘ri kelganligi haqida so‘zlab berdi, va talabalarga ish topishda qo‘l keladigan maslahatlar berdi, o‘zini intervyularda qanday yaxshi tutish yuzasidan layfxaklar bilan bo‘lishdi, shuningdek, o‘zi intervyularda va rezyumelarda nimaga ko‘proq e’tibor berishi haqida aytib berdi.


Qolaversa, yarmarkadagi tadbir doirasida muvaffaqiyatli ishga joylashish va ushbu mavzuga oid layfxaklarga bag‘ishlangan yana bitta seminar bo‘lib o‘tdi. IT Park HR direktori Sitora Saidxojaeva “Muvaffaqiyatli intervyu va raqobatbardosh rezyume” mavzusidagi taqdimoti bilan ishtirok etdi. Taqdimoti davomida HR direktori talabalar bilan ishga joylashishga oid maslahatlari, internetdan ish qidirish yo‘llari bilan bo‘lishdi, ish beruvchilar bilan bo‘ladigan intervyulardan muvaffaqiyatli o‘tish, to‘g‘ri rezyume tayyorlash to‘g‘risida ham so‘zlab berdi.

Shu kabi tadbirlar talabalarga o‘zlari ishlashni xohlaydigan kompaniyalar bilan yaqindan tanishish, netvorkingni kengaytirish, yirik kompaniya asoschilari bilan suhbat qurish va umumiy qilib aytganda, ko‘plab yangi va foydali narsalarni o‘rganishga imkonini beradi.

 

2021-05-28