2022-yil 27-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida IT Park ko‘magida talabalarga startap loyihalarini amalga oshirishda yordam beradigan inkubatsiya markazi ochildi.
Inkubatsiya markazi O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar masalalari agentligi hamda Huawei kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.
Ochilish marosimida IT Park startap ekotizimlarini rivojlantirish departamenti rahbari Farrux Maksumov, Huawei Tech Investment Tashkent kompaniyasi direktori o‘rinbosari Go Velay, Yoshlar masalalari agentligi direktori o‘rinbosari Dilnozaxon Kattaxanova va boshqalar ishtirok etdilar.
Inkubatsiya markazi talabalar jurnalistika va IT sohalarini uyg‘unlashtirib, o‘z startap loyihalarini amalga oshirish, kasbiy va shaxsiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, mentorlar bilan ishlash va boshqa ko‘p imkoniyatlarga ega maskanga aylanadi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur inkubatsiya markazi O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida ochilgan 27-markaz.
Bugungi kunga qadar quyidagi universitetlarda inkubatsiya markazlari ochilgan:
1. Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)
2. Toshkent shahridagi Amiti universiteti
3. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti
4. G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali
5. Toshkent moliya instituti
6. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
7. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
8. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
9. Nizomiy nomidagi Davlat pedagogika universiteti Shahrisabz filiali
10. Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali
11. TATU Samarqand filiali
12. Toshkent shahridagi Singapur instituti
13. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
14. Andijon davlat tibbiyot instituti
15. TATU Farg‘ona filiali
16. JIDU
17. TATU Urganch filiali
18. Milliy universiteti Jizzax filiali
19. Guliston davlat universiteti
20. Jizzax davlat pedagogika instituti
21. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filiali
22. TATU Qarshi filiali
23. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali
24. Namangan muhandislik-qurilish instituti
25. Andijon qishloq xo‘jaligi instituti
26. Andijon davlat universiteti
27. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
2022-01-29