KIIIC va IT Park Janubiy Koreyada O‘zbekistonning IT salohiyatini oshirish maqsadida hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

Janubiy Koreyada ishbilarmonlik tashrifi doirasida IT Park va Koreya Xalqaro sanoat hamkorlik instituti (KIIIC) o‘rtasida IT va BPO rivojlantirish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Hamkorlikning asosiy maqsadi O‘zbekistonning Markaziy Osiyo IT-xabi sifatida tan olinishini oshirish, shuningdek, Koreya IT-kompaniyalarini O‘zbekistonga ofis ochish hamda IT va biznes jarayonlarini autsorsing qilish uchun jalb qilishdan iborat.

Memorandumga koʻra, IT Park va KIIIC Oʻzbekistonda BPO sektorini kengaytirishga yordam beradigan hamkorlik loyihalarini amalga oshirmoqda – xususan, Koreya Respublikasining yetakchi kompaniya va tashkilotlari mutaxassislari BPO sektori uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar. Ushbu memorandum yirik IT-kompaniyalarni O‘zbekistonga jalb qilishga yordam beradi.

Shunday qilib, mazkur memorandum asosida ikki davlatning yirik korxonalari o‘rtasidagi hamkorlik faollashtirilib, IT-sohada yangi imkoniyatlar yaratilayotgani mamlakatimiz texnologik infratuzilmasini rivojlantirish, bu boradagi imtiyozli dastur va preferensiyalardan xabardorlikni oshirishga xizmat qilmoqda. O‘zbekiston IT-kompaniyalari va iqtidorli mutaxassislari uchun bu muhimdir. 

Xizmatlar eksportini rivojlantirish direktori Maxliyo Muksinova KIIIC direktorlar kengashi raisi Ok-Rae Chongga O‘zbekistonning IT salohiyati va hukumat tomonidan mamlakatimiz texnologiya sektorini rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan imkoniyatlar yuqori ekanini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi. Xususan, Ok-Rae Chong O‘zbekistonning IT-es va BPO sektorini faol rivojlantirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Hozirda KIIIC vakillari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bosqichini boshlash uchun tez orada O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.

2024-04-25