Kimlar “One Million Uzbek Coders” loyihasining Nanodegree granti g‘olibiga aylanishdi?

Joriy yilning 12-aprel kuni “One Million Uzbek Coders” loyihasi ishtirokchilari uchun Udacity Nanodegree grantini qo‘lga kiritish uchun imtihon o‘tkazildi.

Imtihon topshirganlar soni 700 nafarni tashkil etadi, va ular orasidan 50 nafar talaba imtihonni muvaffaqiyatli topshirib, Nanodegree granti g‘olibi bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lishdi.

Ta’kidlash joizki, bu joriy yilda Udacity Nanodegree grantini qo‘lga kiritish uchun o‘tkazilgan ilk imtihon edi.

G‘oliblar ro‘yxati bilan quyidagi havola o‘rqali tanishib chiqishingiz mumkin:

https://it-park.uz/storage/images/newsimage/Nanodegree_winners_1619000824.xlsx

Ma’lumot o‘rnida:

Hozirgi kunda uzbekcoders.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni 300 000 tashkil etadi. Ular orasidan, 110 000 nafari ishtirokchi sertifikatini va 79 nafari esa bitiruvchi sertifikatini olishgan.

2021-04-21