2019-yil 30-oktabr kuni Oʻzbekiston aloqa tarixi muzeyida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT-Park, INHA va TATU universitetlari va Koreyaning Axborot jamiyatini rivojlantirish instituti (KISDI) oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasida IT startaplarini rivojlantirishsiyosatini ishlab chiqish boʻyicha dasturi doirasida oxirgi uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda KISDI vakillari startap-ekotizimni rivojlanishining juda koʻp jihatlari haqida gapirib oʻtishdi va IT-Park uchun oʻz tavsiyalarini berishdi:
KISDI vakillarining taʼkidlashicha, joriy yilning dekabr oyida Oʻzbekiston Respublikasidagi IT-bozori va IT sohasini rivojlantirish istiqbollari boʻyicha toʻliq koʻlamdagi hisobot taqdim etiladi va unda Oʻzbekistonda IT sohasini har tomonlama yaxshilash uchun amaliy maslahat va tavsiyalar beriladi.
KISDI delegatsiyasi uchun ushbu tashrif Oʻzbekistondagi toʻrtinchi va yakuniy tashrif boʻldi. Eslatib oʻtamiz, birinchi marta janubiy koreyalik mutaxassislar oʻtgan yilning boshida respublikamizga tashrif buyurishgan edi. Shuningdek, oʻzbekistonlik mutaxassislar ham Koreyaga javob tashrifi bilan borishgan edi va u yerda Gyeonggi Center for Creative Economy & Innovation, Seoul Startup Hub, Global Entrepreneurs Foundation va shu kabi butun dunyo boʻylab startap madaniyatini targʻib qilish bilan shugʻullanuvchi koʻplab startap-kompaniyalar, texnoparklar va tashkilotlarning faoliyati bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻlishgan edi.
2019-11-01